Fargʻona viloyati “Uchkoʻprik” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida shu kunga qadar 16 ta guruhda 480 nafar bola taʼlim va tarbiya olayotgan edi. Bu yerda qoʻshimcha zamonaviy bino qurilishi natijasida yana 3 ta guruhda 90 nafar bolani maktabgacha taʼlimga qamrab olish imkoniyati yaratildi. Buning uchun 580 million soʻm mablagʻ sarflandi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida barcha sharoitlarga ega boʻlgan 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ishga tushirildi. 42-sonli DMTT 1997-yilda oʻz faoliyatini tugatib, 2021-yilgacha qarib 25 yil davomida tashlandiq ahvolga kelib qolgan edi. Endilikda 120 oʻringa ega.