Joriy yil 4-mart kuni Oliy Majlis Senatida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Koʻrik-tanlovning tuman (shahar)lar bosqichida 3072 nafar, hududiy bosqichida esa 792 nafar ishtirokchi quyidagi nominatsiyalar boʻyicha bellashdi:
Tanlov natijalariga koʻra “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” nominatsiyasida 1-oʻrinni Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani boʻlimi, 2-oʻrinni Buxoro viloyati Vobkent tumani xalq taʼlimi boʻlimi, 3-oʻrinni Toshkent viloyati Zangiota tumani 32-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qoʻlga kiritdi.