Maktabgacha taʼlim vaziri pedagogika kollejlari va MTTlarda boʻldi

news-detail

Vazir Agrippina Shin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani va Xoʻjayli pedagogika kollejlarida boʻldi. U yerda oʻquvchilarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Vazirlik xodimlari Chimboy tumani pedagogika kollejning “Oʻquvchilar yotoqxonasi”ning birinchi navbatda bolalar bogʻchasini tashkil etish taklifini berdi.

Shundan soʻng vazir Taxtakoʻpir va Qaraoʻzak tumanlarida boʻldi.

Taxtakoʻpir tumani “Taxtakoʻpir” OFY hududida joylashgan 120 oʻringa moʻljallangan, 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va “Qaraoy” OFY hududida joylashgan 90 oʻrinlik, 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, shu bilan birga, Qaraoʻzak tumani “Qutlы makan” OFY hududida joylashgan 75 oʻringa moʻljallangan “Bukvaryonok” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va “Gʻәrezsizlik gүzәri” MFY hududida joylashgan 140 oʻrinlik, 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ish faoliyati bilan tanishdi.

MTTlarda asosan taʼlim sifati va bolalarga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, taomnomalarining toʻgʻri tashkil qilingani, zaxira mahsulotlarining saqlanish holatlari oʻrganildi.

Vazir A.Shin tomonidan Taxtakoʻpir tumani “Qaraoy” OFY hududida joylashgan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, barcha jihatdan boshqa tashkilotlarga oʻrnak boʻladigan tumandagi “Eng namunali maktabgacha taʼlim tashkiloti” deya eʼtirof etildi.

Shuningdek, vazir A.Shin Amudaryo tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi, “Zebo Qilishboy” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi.

Soʻngra esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Beruniy pedagogika kollejiga tashrifi davomida kollej oʻqituvchilari bilan yaqindan suhbat olib borishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта