Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Jobu” mahallasidagi 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Buning uchun “Obod qishloq va obod mahalla” dasturi asosida 2 mlrd 751 mln soʻm mablagʻ sarflandi.
Tashkilot 150 nafar bolani oʻz bagʻriga qamrab oldi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti kuni uzaytirilgan va majburiy tayyorlov guruhlarini tashkil etish natijasida 210 nafar bolaga taʼlim-tarbiya berish imkoniyatiga ega boʻladi
Shuningdek, Buxoro viloyati Romitan tumanining “Alisher Navoiy” mahallasida yangi zamonaviy qad rostlagan 60 oʻringa moʻljallangan 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi. Qo'shimcha bino topshirilishi natijasida 60 nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olindi.
Zamonaviy loyiha asosida taʼmirlangan yangi MTTning qoʻshimcha binosi 600 million soʻm mablagʻga qayta taʼmirlanib, 81 million soʻmga jihozlandi.