Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida «Sarishungul» OFY hududida joylashgan, 30 oʻringa moʻljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bitim imzolanib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3651-sonli va 5144-sonli qarorlariga asosan imzolangan bo‘lib, avvallari mazkur mahallada maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo‘lmagan.
Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilning fevral oyida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish istagini bildirgan 95 ta tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sherikchilik bitimlari imzolandi. Har bir maktabgacha ta’lim tashkilotiga vazirlik tomonidan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglar uchun seminar-treninglar o‘tkaziladi.