Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimiga davlat tomonidan tizimli eʼtibor hamda amaliy yordam berilmoqda.
Xususan, qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham qamrov darajasi past boʻlgan chekka tumanlarda bir nechta yangi MTT lar ochildi. Yana ayrimlari bolajonlar uchun eshigini ochish arafasida.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Qoʻngʻirot tumani “Navoiy” mahallasi, Shumanay tumanidagi “Begjap” OFY, shuningdek xuddi shu tumandagi “Begjap” OFY hududlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi.
Qayd etish joizki, yurtimizda nodavlat va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni ham kun sayin ortib bormoqda.
Shundan soʻng, Agrippina Shin boshchiligidagi guruh Xoʻjayli tumani “Taskoʻpir” MFY va “Sarichungul” OFY hududida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Mazkur tumanning Sarichungul OFY hududida ham yangi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini boshlash arafasida. Vazir ushbu NMTT koʻzdan kechirdi.