Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida autsorsing tizimi haqda soʻz bordi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori bilan kelishilgan holda Navoiy viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga muvofiq oʻtkazilgan mazkur matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarga sohadagi yangiliklar va tizimdagi islohotlar xususida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, autsorsing korxonalari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazilib, har jihatdan sifatli va ishonchli xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzildi. Natijada joriy yilning 1-yanvaridan Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi jami 210ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 60tasi autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazildi.
Anjuman davomida shuningdek, 24 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Oʻzaro savol-javob, ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha maʼlumotlarga javob olishdi.