Qashqadaryo viloyatida "NMT tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. Unga odavlat,oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlar a'zo bo'lishlari mumkin. Uyushma ushbu MTTlarga huquqiy yordam berish, shuningdek pedagog kadrlarining malakasini oshirishda ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan.
U ilk ishini Qarshi Davlat universiteti maktabgacha taʼlim kafedrasi bilan uyushma aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli oʻquv treninglar tashkil etish masalasida kelishish bilan boshladi.
NMTT uyushmasi viloyat Adliya boshqarmasi bilan uyushma aʼzolari boʻlgan nodavlat,oilaviy xamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan NMTT larini huquqiy himoya qilish masalalarini kelishib oldi.
Shuningdek, “NMT tashkilotlari uyushmasi” Respublikamizda faoliyat olib borayotgan chet ellik pedagog xodimlar bilan NMTT va OMTT larning pedagog xodimlari oʻrtasida tajriba almashish uchun seminar treninglarini oʻtkazish boʻyicha muzokara olib borildi.
Ma'lumot uchun, "NMT tashkilotlari uyushmasi" 2021-yilning so'nggi oyida yuridik shaxslarning birlashmasi sifatida ro'yxatdan o'tgan.