Trenerlar tayyorlash kurslariga start berildi

news-detail

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirish” loyihasi doirasida Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi yuzasidan trenerlarni oʻqitish boʻyicha joriy yilning 15-fevral kuni Namangan pedagogika kolleji bazasida tashkil etilgan trenerlik kurslari boshlandi.

Mazkur trenerlik kurslarida Namangan davlat universiteti oʻqituvchilaridan va Namangan viloyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglaridan 28 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.

Tinglovchilar oʻquv moduli boʻyicha juftlarga boʻlindi:

1-juftlik: “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha;

2-juftlik: “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy oʻquv faoliyatini uslubiy taʼminlash” oʻquv moduli boʻyicha onlayn tarzida;

3-juftlik: “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha;

4-juftlik: «Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatini tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)” moduli boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oflayn tarzida oʻtkazildi.

Shuningdek, oʻquv kurslarida vazirlikning hamda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi masʼullari ishtirok etib, yangi malaka oshirish tizimini joriy etishdan koʻzlangan asosiy maqsad va uni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berishdi.

Tashkil etilgan oʻquv kurslari davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 11-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazishga tayyorgarlik toʻgʻrisida”gi 17-sonli buyrugʻiga asosan trenerlik kurslari tashkil etildi.

Bunda oʻquv mashgʻulotlarni Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti yetakchi professor-oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislar tomonidan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” va “Ilm yoʻli” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish», “Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatni tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)”, “Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi va kreativligini rivojlantirish”, “Yozgi sogʻlomlashtirish oylarida tarbiyachining taʼlimiy faoliyati”, “Bolalarni savodxonlikka oʻrgatishning ilgʻor metodlari”, “Maktabgacha taʼlimda ilgʻor xorijiy tajribalar (Koreya tajribasi)”, «Bolalarni maktabga tayyorlashda ilgʻor tajribalar”, “Maktabgacha taʼlim pedagogik jarayonini innovatsion loyihalash” mavzularida seminar treninglar rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта