Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirish” loyihasi doirasida Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi boʻyicha trenerlarni oʻqitish boʻyicha joriy yilning 15-fevral kuni Namangan pedagogika kolleji bazasida tashkil etilgan trenerlik kursi boshlandi.
Mazkur trenerlik kursida Namangan davlat universiteti oʻqituvchilaridan 20 nafar, Namangan viloyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari va boshqarma mutaxassislaridan iborat 8 nafar jami 28 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.
Tinglovchilarga 1-juftlikda “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha;
2-juftlikda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy oʻquv faoliyatini uslubiy taʼminlash” oʻquv moduli boʻyicha onlayn tarzida;
3-juftlikda “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha;
4-juftlikda «Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatini tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)” moduli boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oflayn tarzida oʻtkazildi.
Shuningdek, unda Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼullari, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakillari ishtirok etib, yangi malaka oshirish tizimini joriy etishdan koʻzlangan asosiy maqsad va uni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berishdi.
Tashkil etilgan oʻquv kurslari davom etmoqda.