“Temuriylar” NTM loyihasi boʻyicha vazirlik sarsongarchilikni istamaydi

news-detail

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri «Qarliqbogʻot» MFY, Zardoʻzlik koʻchasi 64-uyda yashovchi fuqaro Dilmuratov Ikram Rustamovich tomonidan “Temuriylar” NTMga imtiyozli 1% ustama asosida kredit ajratilishi kerakligi xususida yoʻllangan murojaatga quyidagicha munosabat bildiriladi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Temuriylar” NTM oʻrtasida davlat xususiy sheriklik asosida 75 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri “Paxtazor” MFY hududida tashkil etish uchun 2019-yil 26-iyulda 0449-944/05-sonli ikki tomonlama bitim imzolangan. Loyiha jami qiymati 2 096,0 mln. soʻm boʻlib, shundan 1 200,0 mln. soʻm qismi imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan va 896,0 mln. soʻm qismi tashabbuskor mablagʻi hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 5-893-21-sonli kassatsiya ishi boʻyicha 2021-yil 26-avgustdagi qaroriga koʻra Maktabgacha taʼlim vazirligiga “Temuriylar” NTM uchun 1 foizli stavka boʻyicha kredit ajratish choralarini koʻrish majburiyati yuklatilgan.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining 5-bandida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaragʻida jamlanishini inobatga olib2021-yilning 13-oktyabr kuni Moliya vazirligiga 02-02/3-2476-sonli xat orqali sud qarorining ijrosi taʼminlanishi xususida xat yuborilgan.

Bu haqida “Temuriylar” NTMga 2021-yil 14-oktyabrda 02-02/2-2481-sonli, 23-dekabrda 02-02/-3257-sonli, 2022-yil 11-yanvarda 02-02/2-65-sonli xatlar orqali maʼlum qilingan.

Ammo, qarorni ijrosini taʼminlash boʻyicha birgina Maktabgacha taʼlim vazirligiga yuklatilmagan, shu bilan birga, stavkalarni belgilash va ularni oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish qismi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-son qarorida nazarda tutilgan tabaqalashtirilgan foiz stavkalariga asosan Moliya vazirligi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligiga yuborilgan javob xatida 12 foiz stavkada berilishi maʼlum qilingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта