Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

news-detail

Kuni kecha, 1-fevral kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tuman (shahar)larda tashkil etilgan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan hamkorlikdagi ishlarini hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini toʻgʻri tashkil etish masalalariga oid onlayn tarzda videokonferens aloqa orqali seminar oʻtkazildi.

Unda autsorsing xizmatlari boʻyicha tuzilayotgan shartnomalarni Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va boshqa masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shu bilan birga, seminarda Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullari ishtirokchilarga Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov natijalari, tanlov komissiyasining xulosalari bilan tanishish, shartnoma loyihasi, shartnoma tuzilishidagi talablar haqida maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi, ular tomonidan koʻtarilgan muammolarga yechim topildi.

Qayd etish lozimki, onlayn seminarda Adliya vazirligining respublika hududidagi barcha tuman (shahar) Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari va Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan jami 750 nafardan ortiq masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта