Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Koreya Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari assotsiatsiyasi oʻrtasida Memorandum imzolandi.
Memorandumning maqsadi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini malakasini oshirish sohasida qoʻshma oʻquv dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, oʻquv jarayoni sifatini oshirish va Oʻzbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash orqali Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish.
Shuningdek, oʻquv-uslubiy materiallar va adabiyotlarni birgalikda ishlab chiqish, MT tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, Oʻzbekiston va Koreya olimlari, metodistlari, oʻqituvchilari ishtirokida qoʻshma xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish.