Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan.
Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Xorazm viloyatida 31 ta lotlar (257-287 lotlar) bo‘yicha 138 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.
Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Xorazm viloyati bo‘yicha 36 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.
Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi.
Xorazm viloyatida tanlovga qo‘yilgan 31 ta lotdan 31 ta lotga takliflar bo‘yicha 138 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 36 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Tanlovga qo‘yilgan 259, 261, 272, 280-lotga 1 tadan taklif kelib tushganligi sababli lotlar oʻynalmadi.