2021-yilning 17-noyabr kuni ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida vazir o‘rinbosari U.Sh.Begimqulov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya D.I.Mendeleev nomidagi texnologiya universiteti qoshidagi kimyo bolalar texnoparkiga tashrif buyurdi.
Ushbu universitet rektori I.V.Vorotyntsev ekskursiya o'tkazdi va bolalarni kimyo bo'yicha asosiy bilimlar bilan tanishtirish uchun innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi.
Rektor va yosh olimlar bilan uchrashuvda tomonlar Hamkorlik shartnomasini tuzishga tayyor ekanliklarini, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi ishtirokida loyiha ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.