Yunusovlar oilasi tomonidan 6 milliard soʼm mablagʼga qurib bitkazilgan ushbu tashkilotda 200 dan ziyod bola qamrab olingan boʼlib, 50 ta yangi ish oʼrni ham yaratildi.
Fargʼona viloyatida 5 yil oldin atigi 23 foiz bolajonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan boʼlsa, hozirda bu koʼrsatkich mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida 80 foizga yetdi.