Bu boʻlim zamonaviy, qulay, eng yangi standart va talablarga toʻliq javob beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin maktabgacha taʼlimning yangi boʻlimini ochilish marosimida ishtirok etdi. Vazir bino sharoitlari va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ochilish marosimi doirasida konsert dasturi namoyish etildi. Tomoshabinlar maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining qoʻshiqlari va raqslaridan mamnun boʻlishdi.
Tadbirdan soʻng vazir Agrippina Shin Kattaqoʻrgʻon pedagogika kollejiga tashrif buyurdi. Vazir kollejda faoliyat koʻrsatadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Avvalroq, maktabgacha taʼlimdagi klaster tizimi taʼlim va tarbiya sifatini oshirish, uni amaliyot bilan uygʻunlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, u kelgusida viloyatda maktabgacha taʼlim tizimi uchun sogʻlom oziq-ovqat bilan taʼminlaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kombinatini qurish boʻyicha zarur koʻrsatmalar va topshiriqlarni berdi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati