Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 99-DMTT binosida investitsiya dasturiga muvofiq, 2019 yil may oyida qurilish ishlari boshlangani, biroq qurilish ishlari oxiriga yetkazilmay, qarovsiz tashlab qoʼyilgani taʼkidlangan.
Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezdintining 2020 yil 28 dekabrdagiPQ-4936-sonli qaroriga asosan Investitsiya dasturiga kiritilgan 2020 yildan 2021 yilga oʼtuvchi obʼekt sifatida Investitsiya dasturiga kiritilgan Yunusobod tumanidagi 99-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruktsiya qilish belgilangan boʼlib, Yunusobod tumanida 200 oʼringa ega boʼlgan 99-sonli MTTni rekonstruktsiya qilish boʼyicha, 2019 yil Toshkent shahar “Yagona boʼyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” tender savdolari orqali gʼolib pudrat tashkiloti "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJ bilan pudrat shartnomasini 6 226,1 mln.soʼmga imzolangan.
Toshkent shahar Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasidan 2019 yil boshidan Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʼyicha injiniring kompaniyasi” DUKga mazkur obʼektning shartnoma hujjatlari taqdim qilingan."OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJga bugungi kunda mazkur obʼektlarni qurilish-montaj ishlarini topshirilgan forma-3ga asosan 2 719,8 mln.soʼmga ishlarni bajargan boʼlib, 3 637,8 mln.soʼmga mablagʼ moliyalashtirib berilgan.
"OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJ, Yunusobod tumanidagi 99-sonli MTTni 2019 yildan joriy yilga qadar foydalanishga topshirilmaganligi va qurilish ishlari yakunlanmaganligi sababli pudrat tashkiloti bilan tuzilgan pudrat shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.Bugungi kunda mazkur obʼekt pudrat tashkiloti "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJga nisabatan Yunusobod tuman prokraturasi tomonidan jinoiy ish qoʼzgʼatilgan va hozirda prokuratura tomonidan qoʼzgʼatilgan jinoiy ish boʼyicha oʼrganish ishlari olib borilib pudratchidan jarima mablagʼlari undirilib, Sud xulosasidan soʼng mazkur obʼektda qoldiq ish xajimlari xisoblanib ekspertizadan oʼtkaziladi va pudratchi tanlash boʼyicha elektron tender savdolari orqali pudratchi tanlab olinadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati