2021-yil 30-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasida shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim va oʻyin oʻrganish amaliyoti” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi.
Ushbu seminar KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida Koreya Respublikasining Sunchunxyan ilmiy-tadqiqot markazi va Sunchunxyan oliy taʼlim maktabi professor-oʻqituvchilari hamda taʼlim ekspertlari ishtirokida tashkil etildi.
Seminarda Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasining 40 dan ortiq vakillari, xususan, vazirlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarma va maktabgacha taʼlim boʻlimlari masʼul xodimlari, shuningdek, direktorlar, metodistlar va pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Seminar yakunida tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.