Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash dasturi doirasida Respublikada barcha davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur zamonaviy jihozlar bilan jihozlash bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati nogiron bolalarni, shu jumladan eshitish qobiliyati zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va reabilitatsiya qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan bolalarning yoshligidanoq eshitish nuqsonlarini oʻz vaqtida tuzatish, eshitish nuqsonlari boʻlgan bolalarni davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish va tarbiyalash uchun maqbul shart-sharoitlarni taʼminlash zarurligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida “Eshitmoqchiman!” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2021-yil 23 va 24-noyabr kunlari 442-sonli, 46-sonli, 404-sonli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini zamonaviy eshitish apparatlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish agentligi tomonidan “Zamin” xalqaro jamoat fondi koʻmagida yangi avlod eshitish apparatlari xarid qilindi.
Shuningdek, ayni paytda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Zamin” xalqaro jamoat fondi koʻmagida davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining audio sinflarini (FM tizimlari) jihozlash uchun ilgʻor yuqori texnologiyali uskunalar xarid qilish jarayoni amalga oshirilmoqda.