Investitsiya dasturi asosida 8-sonli va “Obod qishloq” davlat dasturi asosida 31-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.
Ochilish tadbirlarida Ellikqalʼa tumani hokimi S.Avezov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligidan B.Qadirov, M.Akbarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari T.Bayjanov va tegishli tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok qildilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda bolajonlarni har tomonlama barkamol insonlar boʻlib ulgʻayishida tinmay gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelayotgan Prezidentimizga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.