Bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning malakasini oshirib borish muhim hisoblanadi.