"Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasining tajriba-sinov qismiga start berildi.

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 577-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishib, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyuldagi 155-sonli "Davlat maktabgacha tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llagan holda avtomatik hisobga olish tizimini joriy etish" masalasida o'tkazilgan yig'ilish bayonnomasiga muvofiq, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xodimlarni ishga joylashtirish, bolalarni qabul qilish, sog'lom ovqatlantirishni tashkil etishni real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradigan hamda ushbu jarayonlar ochiqligi va shaffofligini ta'minlaydigan elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan belgilangan masalalarni muhokama qilishdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy hisobga oladigan "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi ishlab chiqildi va taqdimot etildi.

"Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi 2021 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent shahrining Bektemir tumanida tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

"Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi quyidagi imkoniyatlarga ega:

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shtatlar jadvalini shakllantirish va xodimlarning ish vaqtini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning kelib ketishini hisobga olish bilan bog‘liq jarayonlarni zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda avtomatlashtirish;

maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va tarbiyalanuvchilarining yagona bazasini shakllantirish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ish vaqti va tarbiyalanuvchilar davomatini real vaqt rejimida monitoringini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik hisobga olish;

tahlil o‘tkazish va lavozimlar bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligini aniqlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kadrlar salohiyati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, hududi, bino va inshootlar maydoni va boshq.) asosida shtatlar jadvalini avtomatik ravishda shakllantirish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini hisobga olishni joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga ota-onalar to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik (oldindan to‘lov) mavjudligi haqida onlayn-to‘lov billing tizimini qo‘llagan holda har oyda avtomatik SMS-xabarnoma jo‘natilishi kabi funksiyalarni bajaradi.

Toshkent shahri Bektemir tumanida olib borilgan tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta'lim vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 2022 yil 1 iyuniga qadar takomillashtirilgan "Bolalar bog'chasi" loyihasini respublikaning barcha hududlaridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy etish va loyiha doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda tasdiqlangan standart taomnoma asosida bolalarni ovqatlantirishga mo'ljallangan "Yagona mavsumiy taomnoma" joriy etish rejalashtirilgan.

Shunga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab Bektemir tumani maktabgacha ta'lim tashkilotlari oshxonalarida ovqat tayyorlash plitalari oldida elektron tarozi hamda uning ko'rsatgichlarini ko'rish uchun qulay bo'lgan joyda internet tarmog'iga ulangan kamera o'rnatiladi;

taomnoma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari, bevosita qozonga solishdan avval majburiy tartibda elektron tarozida tortiladi;

oshxonada taomnoma asosida ovqatlarni tayyorlash va ularni taqsimlash jarayonlari internet tarmoqlari orqali muntazam ravishda "onlayn" tarzda namoyish etib boriladi.

Shuni ta’kidlash joizki "Bolalar bog‘chasi" loyihasining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy etilishi korrupsion holatlarning bartaraf etilishida zamin bo'ladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта