“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik tanlovi natijalari eʼlon qilindi

news-detail

2021-yil 28-sentyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Toshkent pedagogika kollejida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” Respublika kasbiy koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son, 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 67-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, soha mutaxassislari va tanlov ishtirokchilari qatnashdilar.

Koʻrik tanlovning viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan pedagoglarimiz “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining 5 ta nominatsiyasi boʻyicha, 5 nafardan jami 70 nafar pedagoglarimiz oʻz kuch va mahoratlarini sinadilar.

Tanlov so'nggida gʻoliblarga Maktabgacha taʼlim vaziri qimmatbaho sovgʻalar, pullik mukofotlarni topshirdi. Shuningdek, faxrli oʻrinlar sohiblari oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlariga imtiyozli qabul qilinish imkoniyatiga ega boʻladi.

Nominatsiya nomi1-oʻrin2-oʻrin3-oʻrin3-oʻrin
Eng yaxshi metodist tarbiyachiXorazm viloyati Yusupova Shaxnoza IsmoilovnaSirdaryo viloyati Kuchmurodova Barno SobitaliyevnaToshkent shahar Raimbekova Madina Mirzoxid qiziToshkent viloyati Sulaymanova Moʻldir Ubaydullo qizi
Eng yaxshi ijodkor tarbiyachiToshkent shahar Xikmatova Feruza UbaydullayevnaXorazim viloyati Masharipova Zilola Oybek qiziSamarqand viloyati Togʻayeva Dilfuza ErkinovnaQoraqalpogʻiston Respublikasi Eshmuxanova Banu Uluqpanovna
Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachiSirdaryo viloyati Nuraliyeva Shodiya GʻayratovnaNavoiy viloyati Maxmudova Nasiba NurmuxamedovnaAndijon viloyati Azizova Maftuna Abduqaxxor qiziQashqadaryo viloyati Sattorova Gulsanam SHUxrat qizi
Eng yaxshi gʻoya muallifiXorazm viloyati Yusupova Risolat YusupboyevnaAndijon viloyati Eminjonova Nilufar AzimjonovnaFargʻona viloyati Madaminova Oydinxon Yusufjon qiziToshkent shahar Mukimova Odina Atxamjon qizi
Mohir qoʻl ustasiXorazm viloyati Atayeva Muqaddas MatyakubovnaSurxondaryo viloyati Raximova Xosiyat UralovnaNavoiy viloyati Saparova Nasiba KenjayevnaToshkent shahar Abdurazzoqova Madina Qudratullo qizi

Maʼlumot uchun, soʻnggi toʻrt yil ichida tizimda bir qancha oʻzgarishlar amalga oshirildi, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 3 barobarga, 3-7 yoshli bolalarning qamrovi esa 62 foizdan oshdi. Bundan tashqari 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish bilan bir qatorda, ularga sifatli taʼlim va tarbiya berish, buning uchun esa sifatli kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biridir.

Bugungi kunda bir qator oliy taʼlim muassasalari, jumladan, ikkita xorijiy mamlakatlar universitetlari filiallarida hamda Maktabgacha taʼlim vaziriligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida maktabgacha taʼlim tizimi uchun pedagoglarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda 127 mingdan ziyod pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda.

Hukumatimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan, farzandlarimizni har tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalashda ulkan hissa qoʻshayotgan pedagoglar mehnatini ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilgan. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovi buning yaqqol misolidir.

Maktabgacha taʼlim vaziri Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта