BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1981-yil Xalqaro tinchlik kuni ta’sis etilgan va 2001-yil 7-sentabrdagi tegishli rezolyusiyasiga ko‘ra 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni sifatida har yili nishonlana boshlangan.
O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikamizdagi bolalarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy san’atga, badiiy ijodga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini mustahkamlash maqsadida respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Yaxshilik va tinchlik diyori” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 21-30 sentabr kunlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami va 21-sentabr “Xalqaro tinchlik kuni”ni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida o‘tkazildi.
Ko‘zgazmada farzandlarimiz o‘zlarining ijod namunalari bilan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar.
Tadbirda O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri –Agrippina Shin, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari-Farxod Toshmuxamedov, Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshidagi jamoat kengashi raisi, SHHT eksperti E’tibor Sultonovalar so‘zga chiqdilar.
Tadbir doirasida Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari tomonidan she’riy chiqishlar va qiziqarli dasturlar namoyish etildi.
Ko‘rgazma 2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammiti oldidan ham ekspozisiya qilinadi.
Mazkur tadbir tasviriy va amaliy san’at sohasi ijodiy yo‘nalishida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan keyingi ta’limni tashkil etishda va samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi.
Ko‘rgazma 30 sentabrgacha davom etadi.
Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati.