Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining bir qator xodimlari vazir rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lmoqda.
Bo'zatov tumanida 3-7 yosh bolalar soni 1828 ta nafar bola tashkil etadi, shundan 1009 nafari maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olingan.
Bo'zatov tumanida 7 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga 895 bola 5 ta oilaviy bog‘chaga 114 bola qamraldi.
Qamrov ko'rsatkchi 55,2% tashkil etmoqda, yil yakuniga qadar tumandagi 66, 1% bolalarni qamrash rejalashtirilgan.
Bo'zatov tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4936-sonli qaror ijrosiga muvofiq investitsiya dasturi asosida 120 ta o'ringa mo'ljallangan yangi maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilish ishlari olib borilmoqda.
Qurilish ishlariga davlat byudjetidan 3 mlrd 840 mln. so'm mablag' ajratilmoqda.
Soʻng, Agrippina Shin ''Sonita'' nomli oilaviy NMTTni ko‘zdan kechirdi. Bolalarga berilayotgan ta'lim bilan qiziqib, yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida vazirlik xodimlariga tegishli vazifalar belgilab berdi.
Shuningdek, vazir tumanning mahalliy rahbarlari bilan uchrashdi va birgalikda kelgusi yillarda maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha harakatlarni muhokama qilib oldi.