Rossiya tomonining tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasining ikkinchi kotibi Aleksandr Sazonov, Rossiya Federatsiyasi ta’lim vazirligining xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi direktori o'rinbosari Andrey Efremov, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Slavash bilan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinning uchrashuvi bo'lib o'tdi
Muzokarada A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya federatsiyasi delegatsiyasi rahbari Janob A. Yefremov uchrashuv ishtirokchilarini qutlar ekan, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universiteti rektorining yangi tayinlangan vazifasini bajaruvchi O'zbekiston tomoniga rasman tanishtirdi.
Janob V. Rabosh o'zining kirish nutqida A.I.Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universitetining yaqinda erishgan yutuqlari haqida qisqacha gapirib berdi. A. Gersen Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatiga O'zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishga qo'shgan bebaho hissasi va A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialini ochishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi.
A. Gersen Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialining yangi jamoasi qo‘llab-quvvatlanishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi alohida ta’kidlandi.
Hozirda Tojikiston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi mamlakatlarida shu kabi filiallari ochish to’g’risida tegishli mutasaddi idoralar bilan muzokaralar olib borilyatganligini e'tirof etildi. Shu bilan birga, Janob V. Rabosh yangi tashkil etilgan A. I. Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filiali MDX davlatlari ichida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash markazi sifatida faoliyat yuritishini e'tirof etdi.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni “Lukoil Overseas” Rossiya kompaniyasi moliyaviy ko’magida qurilayotgan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi realibilitatsiya markazi bilan yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog kadrlarining malakasini oshirishda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ko’maklashishga tayyorligini bildirdi
Xususan, Sank-Peterburg mutaxassislari Nukus shahridagi Imkon realibitatsion markazi mutaxassislari malakasini oshirish bo'yicha kelishib olindi. Muzokaralar yakunida A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialida ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyixalar muhokama qilindi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati