Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi yordamchi tarbiyachi "Nilufar Rashidova"ning bolalarga noto‘g‘ri tarbiya berayotgani uchun bog‘cha mudirasi undan tushuntirish xati yozishini so‘raganida uni haqoratlagani aytilgan” nomli videomurojaat tarqaldi, ammo murojaat qaysi hududda? qaysi maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir etilganligi ochiqlanmaganligi bois aniqlik kiritilishda biroz noaniqlik yuzaga kelmoqda, shu bois, hozirga qadar o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugungi kunga qadar Maktabgacha ta’lim vazirligi va tizimdagi hududiy tashkilotlar tomonidan manzilli murojaatlarning barchasiga rasmiy munosabat berib borilmoqda, agarda mazkur videomurojaat ham ochiq va manzilli qilib berilganda edi, shu vaqtga qadar ushbu videomurojaatda aks etgan holat yuzasidan mehnat qonunchiligi bo‘yicha tegishli tartibda chora ko‘rilar edi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati har qanday ma’lumotni taqdim etayotganda, maktabgacha ta’lim tashkilotining manzilini berishni so’raydi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati OAV, jurnalist va blogerlar bilan doimiy hamkorlik qilishga tayyorligini yana bir bor bildirib o‘tadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati