Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik

news-detail

Maktabgacha ta'lim vazirligining Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorligi imtiyozli kreditlar hisobidan 120 ga yaqin davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyihasini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Hozirgi vaqtda Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi bilan O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Muzokaralar chog‘ida Islom taraqqiyot banki Maktabgacha ta’lim vazirligiga so‘rovnoma yubordi, Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilib belgilangan tartibda Islom taraqqiyot banki rasmiy vakillariga yuborildi.

Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi yaqin kelajakda tashrif buyurishi kutilmoqda.

Hamkorlik xronologiyasi:

- 2019 yil 23 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 428-sonli "Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi mablag‘lari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.

- 2020 yil 6-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4883-sonli qarori qabul qilindi.

- Maktabgacha ta’lim vazirligi belgilangan tartibda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish loyihasi Konsepsiyasini yubordi.

- 2021 yil 20 yanvarda Maktabgacha ta’lim vazirligining loyiha taklifi 2021 va 2022 yillarda ishlab chiqish va joriy etishning ustuvor yo‘nalishi sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot bankiga taqdim etildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта