Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori bilan Voyaga yetmaganlarga ijimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2021 yil 1 sentyabrdan qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlashda quyidagi tizim joriy etiladi:
- Voyaga yetmagan shaxsning qarorvsiz qolganligini aniqlash
voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari – xizmat hududida, mahalla raislari – oilalarda o‘rganish o‘tkazish orqali qarovsiz qolgan bolalarni aniqlaydi;
ijtimoiy xavfli oilalardagi bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash uchun mahalla raislari mas’ul hisoblanadi;
bolaning qarovsiz qolgani davlat organlari, NNT va fuqarolar tomonidan aniqlanganida profilaktika inspektoriga xabar beriladi. - Qarovsiz qolgan bolalarni Markazga joylashtirish
profilaktika inspektori qarovsiz qolgan bolalar aniqlanganligi haqida tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga navbatchilik qismi orqali xabar beradi;
profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzib uni ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;
profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolgan deb xulosaga kelsa, xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga beradi, u bolani Markazga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma tayyorlab uni yuboradi;
Markaz 5 soatda maxsus transportda bolani qabul qiladi va joylashtiradi;
Markaz boshlig‘i hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ini qarovsiz bolani qabul qilganlik to‘g‘risida xabardor qiladi;
sog‘liqni saqlash muassasasi 3 soatda Markazga kelib, bolani tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi;
tekshiruv natijasiga ko‘ra bola davolanishga yuborilishi mumkin;
Markaz 48 soatda bola shaxsini, oilaviy muhit va qarovsiz qolganlik sababini o‘rganadi va ijobiy xulosaga bo‘lsa ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;
Markaz ota-onasiga topshirilgan bolaning o‘qishi, xulqi, oilaviy muhitini 1 yil monitoring qiladi;
monitoringda bolaning ijtimoiy xavfli holatda qolishi aniqlansa, bolani 48 soatdan ko‘p 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p bo‘lmagan vaqda Markazda saqlash uchun sudga iltimosnoma kiritiladi;
iltimosnoma 24 soatda Markazda sayyor yoki onlayn yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi;
sud bolaning ota-onasi rozi bo‘lmaganida ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborishni ko‘rib chiqadi;
bolaning doimiy yashash joyi boshqa joyda bo‘lsa, Markaz 48 soatda uni tegishli Markazga olib boradi. - Qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish va o‘qishi davomida xulq-atvorini nazorat qilish
hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i so‘rovi bo‘yicha Markazd voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘ladi va bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinib nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi;
tegishli vazirlik yoki idora 3 kunda bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi yo‘llanmani o‘ziga bo‘ysunuvchi ta’lim muassasasiga va Markazga yuboradi;
Markaz 48 soatda bolani tegishli ta’lim muassasasiga topshiradi;
ta’lim muassasasi bolani 5 foizlik qo‘shimcha kvota asosida sinov va imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi. - Bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng ular bandligini ta’minlash
ta’lim muassasasi bolaning o‘qishi tugashiga 3 oy qolganda Markazga xabar beradi;
hududiy jamoat xavfsizligi xizmati bolaning professional yoki OTMga o‘qishga kirishiga ko‘maklashadi;
o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar 1 oyda hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi;
bolalar “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida bepul o‘qitiladi;
o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Markazlarga 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagi bolalar qabul qilinadi:
ota-ona (o‘rnini bosuvchi shaxslar) nazoratisiz va qarovisiz qolgan;
ijtimoiy xavfli oilada yashayotgan va davlat, jamoatchilik yordamiga muhtoj;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar;
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;
jinoyat qilgan, lekin javobgarlik yoshiga yetmalanlar yoki ruhiy holati sabab javobgarlikka tortilmaydigan bolalar;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlar;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi sud tomonidan hal etilayotganlar;
sud ajrimiga asosan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.