Uchrashuvda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari, shuningdek, hozirgi holat va O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining istiqbollari masalalari yuzasidan kelishildi.
Uchrashuv Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi (2020 yil avgust, oktyabr va 2021 yil may oylarida bo'lib o‘tgan) yig‘ilishlari doirasida Toshkentda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialini yaratish Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro munosabatlarning asosini qo‘yishning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vaziri А. Shin, vazir o‘rinbosari U. Begimqulov Rossiya Federatsiyasi Prezidentning xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi referenti A. Vlasov va departament xodimlari, Toshkent shahridagi А.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali direktori V. Popov, ijrochi direktori Q. Olimov va vazirlik boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi А.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Filialga 2021-2022 o'quv yilida 8 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 81 ta davlat byudjeti va 324 ta davlat shartnoma asosida qabul kvotasi belgilanligi va bugungi kunda “Inson psixologiyasi”, “Maktabgacha taʼlim” va “Lingvistika” (Rus tilini o'qitish metodikasi) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha konkurs yuqori ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish bilan bog‘liq va o‘quv yili davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilalayotgan “Mittivoy” («Малыш») loyihasi doirasida Respublikada bajarilayotgan hususan, loyihani amalga oshirish uchun pedagogika kollejlari huzurida 14 ta maydonchalar tashkil etilganligi, 14 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinganligi qayd etildi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati