Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi yuzasidan (2021 yilning 16 avgust holatiga) quyidagilarni maʼlum qiladi:
Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 13 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati og‘ir, 10 nafar bemorning holati o‘rtacha og‘ir.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib boradi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati