Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami davlat xususiy sherikchiligi asosidagi bog'chalar soni 69 ta bo'lib, ularning soni yana bittaga ortdi.
Urganch tumanida "Lochin Shaxzoda" nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.
2019-yilda tadbirkor hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan bitim natijasida Urganch tumanining Jayhun mahallasidan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotini bunyod qilish uchun 4500 kv.metr yer ajratildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 750 million so’mni tashkil etadi. Shundan 750 million so’m tadbirkorning o’z mablag’i hisobidan bo’lsa qolgan 3 mlrd so'm kam foizli kredit asosida ajratildi.