Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi
Bu qilmish ogʻirlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanganlik, shuningdek ularni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.
Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mazkur jinoyatlar bilan bogʻliq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.