Jahon bankining “Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi 2019-2024 yillarga moʼljallangan boʼlib, asosiy vazifalari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur mebel, oʼquv materiallari va didaktik materiallar bilan moddiy-texnik uskunalar bilan taʼminlash, taʼlim sifatini yaxshilash uchun zarur mexanizmlar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro standartlar darajasida pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirishdan iboratdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jahon bankining «Yosh bolalarni erta rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi doirasida 2021 yilning 12-16 aprel kunlari psixologiya fanlari nomzodi, Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna ishtirokida «Oʼzbekistonda bola uchun maxsus maktabgacha taʼlimni oʼrgatish shakllarini joriy qilish» mavzusida treninglar oʼtkazildi.
Shu bilan birga 22 aprel kuni Xalqaro maslahatchi Veisova Zulfiya Аltaevna Maktabgacha taʼlim vazirligiga tashrif buyurib, loyiha doirasida masʼul mutaxassislar bilan uchrashdi. Uchrashuvda kelajakdagi hamkorlik rejalari haqida suhbatlashildi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati