12-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Islom taraqqiyot banki missiyasi, YUNISEF, YUNESKO hamda Respublika ilmiy-metodik markazi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashdi.
Xalqaro ekspertlar ham ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston Respublikasida 2023-2026 yillarda amalga oshiriladigan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish”ning yangi loyihasi doirasida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish”ga oid masalalarni muhokama qildilar.
Loyiha maqsadi: Loyiha Hamkorlik kelishuvi hujjatida belgilangan umumiy ustuvorliklarni, jumladan, sifatli ta’limdan teng foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning ta'siri ixcham hujjatdan quyidagicha namoyon bo'ladi: "2026-yilga kelib, barcha qizlar va o'g'il bolalar samarali, hisobdor va inklyuziv ta'lim tizimida kompetentsiyaga asoslangan ta'lim sifatidan foydalanadilar".
Kun tartibida maktabgacha ta'lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni muvofiqlashtirish va xarajatlarni tarkibiy qismlarga ajratish vazifasi qo‘yildi. Tomonlar, shuningdek, har bir kichik komponent bo‘yicha faoliyatning barcha texnik va tashkiliy tafsilotlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.