Taʼlim yoʻnalishida xalqaro uchrashuv boʻlib oʻtdi

news-detail

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov va Belarus Respublikasidagi respublika kasb-hunar taʼlimi instituti professori Arkadiy Shklyar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv jarayonida vazirlikning bir qator boshqarma boshliqlari hamda Xorazm viloyati hokim oʻrinbosari ishtirok etishdi.2.jpg

Uchrashuv davomida vazirlik vakillari Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim vazirligining tashkil etilishi tarixi va Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning hozirgi holati haqida qisqacha maʼlumot berishdi.3.jpg

Suhbat davomida belaruslik hamkorlarning diqqat markazida Oʻzbekiston hukumati tomonidan ushbu tizimga qaratilayotgan alohida eʼtibor boʻldi, mehmonlarning taʼkidlashicha, maktabgacha taʼlim tizimini alohida tizim qilib shakllantirilishi natijasida 5 yil davomida rekord darajadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining koʻpayishi va qamrovning oshishiga sabab boʻlgan. Bu albatta tahsinga sazovorligi mehmonlar tomonidan aytib oʻtildi. Shu bilan birga Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshish yoʻlida qilinayotgan harakatlaridan xursandliklarini bildirishdi.4.jpg

Uchrashuv davomida Arkadiy Shklyar Xorazm viloyati, Urganch shahrida 140 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Aqlli hudud”ning qurilish loyihasi haqida soʻzlab berdi.5.jpg

Belorus vakili Arkadiy Shklyar taʼkidlaganidek, “Aqlli hudud”ning asl maqsadi, hayot davomida taʼlim tizimini tashkil etishda turli xil taʼlim muassasalari va tashkilotlari (bolalar bogʻchalari, maktablar, kollejlar, markazlar, universitetlar va boshqalar) ning faoliyatini yaxlit bitta ekotizimga aylantirishdir. Ayni kunlarda ushbu taʼlim tizimlari deyarli bir-biri bilan bogʻliq emas, ammo Oʻzbekistondagi barcha taʼlim tizimlarida standartlashtirilgan taʼlim dasturlari olib boriladi.6.jpg

 

Yangi ekotizim mavjud ekotizimni yoʻq qilmasdan, balki uni rivojlantirib, taʼlim tashkilotlariga, ish beruvchilarga va oʻquv jarayonining boshqa ishtirokchilariga yangi vazifalarni taklif qiladi.7.jpg

Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar shaxs, iqtisodiyot va taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy muammolariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak boʻlgan taʼlim-tarbiya tizimidagi sezilarli oʻzgarishlarga erishiladi hamda taʼlimga tayyorgarlikning sifati, mavjudligini oshirish vazifalarining ustuvor xususiyatiga ega boʻlgan tegishli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqadi.8.jpg

Shuningdek, ushbu taʼlim kompleksi ichida 1500 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish rejalashtirilgan.

Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻziga xosligi shundan iboratki, maktabgacha taʼlim tashkilotining asl modelini amalga oshirishda, tarbiyalanuvchilar uchun ijtimoiy innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, STEM-taʼlim boʻyicha innovatsion dasturlarni ishlab chiqish va natijada “oʻrganishni oʻrgatish”ga qiziqishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Taʼlim jarayonida yuqori sifatni taʼminlash uchun quyidagi sharoit yaratish maqsadga muvofiqligi belgilangan, yaʼni:

- “ Meta10I ” bolalarni oʻqitishning ilmiy - uslubiy tizim modelini bolaning qiziqishiga koʻra uning aql-idrokini rivojlantirish va tarbiyalanuvchilarning yuqori darajadagi bilim faoliyati, motivatsiyasini shakllantirish, undan foydalanish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni joriy etish;

-interaktiv treninglar, seminarlar, muhokamalar va munozaralarni tashkil etish, oilaviy tarbiyada muvaffaqiyatli tajriba almashish boʻyicha davra suhbatlarini oʻtkazish orqali ota-onalarning psixologik-pedagogik mahoratini ularning talab va qiyinchiliklarini inobatga olgan holda oshirishni taʼminlash.9.jpg

Shu bilan birga, “Bolalar va yoshlar uchun qoʻshimcha taʼlim majmuasi” taqdimoti oʻtkazildi.

Ushbu majmuada nafaqat oʻtmishning, balki kelajakda foydali boʻlgan texnologiyalar, kasblar zamonaviy yutuqlarning ham oʻrganilishi haqida aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, majmuada bolalarning yanada chuqur va ilgʻor bilimlarga ega boʻlishi, foydali koʻnikmalarga hamda jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirilishiga alohida eʼtibor berilishi taʼkidlandi.

Bu oʻzaro chambarchas ijtimoiy-madaniy majmua ota-onalar va mahalliy hamjamiyat, shuningdek madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport, dam olish va boshqa ijtimoiy sohalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilganligi bilan ahamiyatlidir.10.jpg

Majmua tarkibida koʻplab tarmoqlarning mavjudligi ayni muddaodir, chunki unda bolaning tashabbuskorligi, ijodiy fikrlash va nostandart yechimlarni topish qobiliyati, professional yoʻlni tanlash qobiliyati, oʻqish uchun butun hayot davomida izlanishdan toʻxtamaslik kabi ijobiy xislatlari shakllantiriladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha qurilishini koʻrib chiqishga kelishib oldilar va mazkur “Aqlli hudud” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan maʼqullangandan soʻng, “Aqlli hudud”da maktabgacha taʼlim tashkilotini barpo etilishida, belaruslik hamkorlar texnik topshiriqlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishlarini maʼlum qilishdi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта