Sankt-Peterburgdagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tashkil etilganining 225-yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hozirda Sankt-Peterburgga tashrif buyurishgan.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi maorif vaziri S.S. Kravsov bilan uchrashadi, Rossiya universiteti tashkil etilganining yubiley sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, Rossiyaning yetakchi taʼlim markazlari “Isteʼdodlar akademiyasi” va “Raqamli texnologiyalar akademiyasi”ga tashrif buyurish va faoliyati bilan tanishishdir.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni bilan «Malыsh» loyihasi boʻyicha muzokaralar olib borish va «Komanda pedagogov «Komanda pod kluch» loyihasining dastlabki strategiyasi va konsepsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandumlar 2021-yil 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida imzolangan edi.