Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

news-detail

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbat chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari va Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan S-board loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi.00002.JPG

Uchrashuv davomida Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining Bektemir tumanida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan dastlabki S-board dasturining 1.5-versiyasi eksperimental sinovdan oʻtkazildi. Toshkent shahri boʻylab, yil yakuniga qadar eksperimental sinovning keyingi bosqichlarida S-board dasturining 2.0 versiyasi sinovdan oʻtkaziladi. Eksperimental sinov jarayonlarida S-board dasturining yakuniy versiyasi ishlab chiqilib, keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi.00003.JPG

Shuningdek, Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi maktabgacha taʼlim tizimiga yangi ilgʻor innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni yanada joriy etishning turli yoʻnalishlarida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi.00004.JPG

Xususan, “EdulikGlobal” kompaniyasi prezidenti Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi tashkilotlarida, Chungrim Xon xonim tomonidan ishlab chiqilgan - davlat xizmatchilari uchun ingliz tilini oʻrganadigan onlayn platformani ishga tushirishni taklif qildi.

Mehmonlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida salmoqli natijalarga erishilgan, shu bilan birgalikda respublikada maktabgacha taʼlim tizimidagi yangi yutuq va innovatsion yechimlarga erishish yoʻlida olib borilgan ishlar maktabgacha taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishish uchun zamin yaratilgan.00005.JPG

 

Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston Respublikasida oʻquv jarayonini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida tomonlar kelishib olishdi.00006.JPG

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi ishchi guruhi Namanganda

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligining ishchi guruhi Namangan viloyatida faoliyat olib bormoqda.  Kuni kecha ushbu guruh Namangan shahrida joylashgan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.     Ta’kidlash joizki, mazkur tashkilot 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-154m-sonli maxsus qarori asosida, 6 mlrd. 448 mln. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirdan chiqarilgan edi. Buning hisobiga 300 ta o‘rin yaratilgan. Ayni vaqtda esa, bu yerda 10 ta to‘liq kunlik va 8 ta qisqa muddatli, jami 18 ta guruh kesimida 489 nafar 3 – 7 yoshli bola tarbiyalanmoqda.           O‘rganuv davomida tashkilotning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Jarayonlar davomida soha rivojiga doir ko‘rsatma va taklif-tavsiyalar berildi.   Ishchi guruhning Namangan viloyatiga doir faoliyati davom etmoqda. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Вид сайта
Размер шрифта