Korrupsiyani yo‘q qilish, jamiyatni bunday illatdan tozalashda har bir shaxs JAVOBGARdir. Xoh yuqori, xoh quyi o‘rinda bo‘lsin, hech kim korrupsiya qilishga haqli emas.
Shunchaki ko‘z yumush esa na fuqarolik, na insoniylik nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi.
Bugun biz INSON huquqlarini himoya qiladigan sof jamiyat qurish yo‘lidamiz. Bu yo‘lda har bir fuqaro o‘z masʼuliyatini to‘g‘ri anglab yetishi zarur.
Keling, KORRUPSIYASIZ JAMIYAT qurishda faol bo‘lamiz!
Tizimdagi korrupsiya holatlari haqida Vazirlikning www.mpe.uz rasmiy veb-sayti yoki komplaens@mdo.uz maxsus elektron pochtasi, shuningdek, @MTVanticor_bot / @antikorr_mdo kabi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin.
- Sizning shaxsingiz sir tutiladi;
- Huquqlaringiz himoyalanadi;
- Korrupsionerlar o‘z jazosini olishadi.
Unutmang! KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH SIZNING JUR'ATINGIZDAN BOSHLANADI!