Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi 9 oylik H I S O B O TI

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib 

chiqish natijalari haqidagi 9 oylik 

H I S O B O T

I. Umumiy ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga korrupsiya faktlariga doir kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 130 tani tashkil qilib, ularning 87 tasi turli idora va tashkilotlardan hamda fuqarolardan vazirlik devonxonasi orqali hamda 43 tasi @antikorr_mdo rasmiy telegramm kanal orqali kelib tushgan.

https://mf.ijro.uz/ tizimi orqali joriy yilda kelib tushgan 87 ta murojaatlarning:

-  30 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti pochtasi orqali;

-  44 tasi vazirlikka yozma tarzda yuborilgan xat orqali;

-  3 tasi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi orqali;

-  2 tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali;

-  8 tasi boshqa tashkilot va idoralar orqali kelib tushgan.

II. Ko‘rib chiqish natijalari

Kelib tushgan murojaatlar amaldagi qonunchilik asosida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan murojaatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi ta’minlangan.

Anonim murojaatlarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish to‘g‘risida xulosa qilingan.

Ba’zi murojaatlarni o‘rganish natijalari:

@antikorr_mdo telegram kanali orqali Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy shakldagi NMTT rahbari K.M. tomonidan 2022 yil 21 yanvar kuni kelib tushgan murojaatda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun bepul yetkazib berilishi belgilangan metodik qo‘llanmalar uchun tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi davlat-xususiy sheriklik shoʻba mudiri R.S. tomonidan pul talab qilinayotganligi ma’lum qilingan.

O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli, Xo‘jaobod tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining 

2022 yil 25 yanvardagi 166-sonli buyrug‘i bilan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi DXSH shoʻba mudiri o‘z lavozimidan ozod etilgan hamda to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

III. Minimallashtirish choralari

Korrupsiya faktlariga doir kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib korrupsion xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha vazirlikning  @antikorr_mdo rasmiy telegramm kanali tashkil etildi va unga kelib tushadigan xabarlarni tizimli o‘rganish tashkillashtirilgan.

Vazirlikning hududiy bo‘linmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan har bir hududiy bo‘linmalarning rasmiy telegramm kanali hamda ishonch telefonlari ishga tushirilib, har bir davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsion hatti-harakatlar aniqlangan taqdirda murojaat qoldirishlari uchun “ishonch quti”lari tashkil etilgan.

Mahalliy yo‘lovchilar tashish transportlarining saloniga korrupsion xatti-harakatlar bo‘yicha murojaat qilish imkonini beruvchi telegramm kanal va ishonch telefoni aks ettirilgan flayerlar joylashtirilgan.

Mahalliy televideniye va raidokanallar orqali qisqa metrajli roliklar namoyishi hamda eshittirishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda har xaftaning juma kunlari korrupsiyaga qashi kurashish yo‘nalishida seminar-treninglar o‘tkazilishi odat tusiga kiritilgan. 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта