Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining yangilangan tuzilmasida (2021-yil 16-fevraldagi 16-sonli buyruqqa asosan) 3 nafar xodimdan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimi joriy yilning aprel oyidan ish boshlagan.

Tizimda korrupsion holatlarga kurashni samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida
1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratilgan.

Vazirlikning 2021-yil 8-sentyabrdagi 170-sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi”ga oʻzgartirildi hamda shtat soni 5 taga yetkazilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 158 ta murojaatdan 80 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali, 54 tasi elektron pochta, yozma, ogʻzaki va turli tashkilotlar orqati, 6 tasi ishonch telefoni orqali hamda 15 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻshqarmasida tashkil etilgan telegram kanali orqali kelib tushgan.

Kelgan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar

Olingan maʼlumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi 12-sonli DMTT direktori va Namangan viloyati, Uychi tumani MTB hisobchisi pora bilan qoʻlga olingan.

Kelib tushgan tezkor maʼlumotlarga asosan 8 ta holatda maktabgacha taʼlim boʻlim va tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazilib, moliyaviy kamchiliklarga, taʼmagirlik hamda firibgarlik holatlari boʻyicha toʻplangan xujjatlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Qoʻl ostidagi xodimlar faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganligi sababli 3 nafar rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

 

Noqonuniy xatti-xarakatlarni amalga oshirgan 6 nafar xodimlarga mehnat qonunchiligiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasigan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта