Xakimov Abdugʻulom Soyibjonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.
Xakimov Abdugʻulom 1982-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida bakalavr va 2006-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida magistratura bosqichini tamomlagan.
2006-2009-yillarda -Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy menedjeri;
2009-2011-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy mutaxassisi;
2011-2015-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy yordamchi;
2016-2017-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi iqtisodchi;
2018-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
2020-2023- yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi.
2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi boshligʻi.