Uzakov Farhod Fazilovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i
Uzakov Farhod Fazilovich – 1982-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy.
2003-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutini hamda 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.
2006-2007 -yillarda - Xalq taʼlimi vazirligi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi kompyuter operatori
2007-2008 -yillarda - “Oʻquv taʼlim taʼminot” davlat unitar korxonasi
1-toifali metodisti
2008-2015 -yillarda - Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim muassasalarining moddiy-texnika taʼminotini tashkil etish boshqarmasi bosh nazoratchisi
2015-2018 -yillarda - Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim muassasalarining moddiy-texnika taʼminotini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi
2018-2019 -yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi
2020-2021 -yillarda - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
2021-2022-yillarda - Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK rahbar oʻrinbosari
2022-2023-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Investitsiyalar va kapital qurilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi.
2023-2023-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va monitoring qilish bo‘limi boshligʻi
2023-yildan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va jihoz bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i