Usanov Zafar Beknazarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.
Usanov Zafar Beknazarovich 1977-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1999-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining bakalavr, 2001-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.
2002-2004-yillarda – “Uzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
2004-2006-yillarda – Toshkent shahar xalq taʼlimi Bosh boshqarmasi moliya- rejalashtirish boʻlimi boshligʻi;
2006-2010-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi istiqbolni belgilash, moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh iqtisodchisi;
2010- 2014-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
2014-2016-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi «Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi;
2016-2019-yillarda – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti moliya-iqtisod ishlar boʻyicha prorektori;
2019-2021-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi;
2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Moliya-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi;
2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.