Riskulova Kamola Djummayevna – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi
Riskulova Kamola 1984-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetini tamomlagan.
2003-2006-yillarda – Toshkent pedagogika kollejida ingliz tili oʻqituvchisi;
2010-2011-yillarda – Oydin hayot Respublika sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish markazi ilmiy xodimi;
2011-2014-yillarda – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili fonetikasi va fonologiyasi kafedrasi dotsenti;
2015-2017-yillarda – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi;
2017-2020-yillarda – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti;
2020-2023- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi.
2023-2023- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig'i
2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi