Zulfiqorov Rustam Raxmidinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining bosh hisobchisi.
Zulfiqorov Rustam 1979-yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavr darajasini va 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistr darajasini egallagan.
1999-2000-yillarda – Toshkent davlat pedagogika universiteti hisobxona 2-toifali hisobchi;
2000-2004-yillarda – Toshkent davlat pedagogika universiteti hisobxona 1-toifali hisobchi;
2004-2005-yillarda – Toshkent davlat pedagogika universiteti bosh hisobchining moliya va iqtisod ishlari boʻyicha mouvini;
2005-2007-yillarda – Toshkent davlat pedagogika universiteti bosh hisobchi oʻrinbosari auditori, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi oʻqituvchisi;
2007-2009-yillarda – “Nurfarm servis” MCHJ bosh direktori;
2009-2010-yillarda – Avtomagistral davlat birlashmasi raisi oʻrinbosari;
2010-2012-yillarda – Xalq taʼlim vazirligi moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh hisobchi oʻrinbosari;
2012-2017-yillarda – Xalq taʼlim vazirligi moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari bosh hisobchi;
2017-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi moliyalashtirish buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi;
2018-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bosh hisobchisi;
2018-2023-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarma boshligʻi-bosh hisobchisi.
2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining bosh hisobchisi.