Agentlik Axborot xizmati boshligʻi

Vazirlikning markaziy apparati

Asqarxoʻjayeva Movluda Saidmuxammadzokir qizi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Axborot xizmati rahbari.

Asqarxoʻjayeva Movluda 1981-yilda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2003-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini hamda 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi Akademiyasini tamomlagan. Shuningdek, 2020-yilda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida magistr darajasiga ega boʻlgan.

2003-2004-yillarda — “Ruxshon MZM” masʼuliyati cheklangan jamiyat direktor;

2004-2004-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Sport qoʻmitasi huzuridagi Respublika oliy mahorat maktabi tarjimoni;

2004-2004-yillarda — Badiiy gimnastika federatsiyasi ijrochi direktori;

2005-2007-yillarda — “Koinot qurilish” xususiy korxonasi kompyuter operatori;

2008-2009-yillarda — Madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashli Universal sport saroyi maʼmuri, direktor oʻrinbosari;

2009-2011-yillarda — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi “Hujjatlardan foydalanish va axborot xizmati” boʻlimi boshligʻi;

2011-2013-yillarda — Oʻzbekiston kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi direktor oʻrinbosari;

2013-2017-yillarda — Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

2017-2017-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

2017-2019-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot kotibi;

2019-2019-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Axborot xizmati boshligʻi;

2019 — 2020-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati rahbari;

2020-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari lavozimida faoliyati yuritgan.

2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Axborot xizmati rahbari.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта