Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i

Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. Tadbir davomida Kengash a’zolari guruhlarda tashkil etilgan “Assalomu alaykum” loyihasi doirasida “Salomlashish odobi”, “Mahorat darsi“ davomida “Zardoʻzlik va kulolchilikdan  ilk saboqlar”,  “Baxtli bolalik” milliy harakatli  oʻyinlar, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman” sport estafetasi,  “Kitob – mening eng yaqin doʻstim” kitoblar koʻrgazmasi hamda “Yashil kelajak” gʻoyasi asosida  “Mening birinchi niholim” loyihalari bilan tanishdilar.Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bolajonlar tomonidan Kengash a’zolariga ona Vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Tashrif yakunida Kengash aʻzolari tomonidan kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliy-metodik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hujjatlari bilan maktabgacha taʼlim sohasida joriy etilgan imtiyozlar toʻgʻrisidagi axborotlar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi "Maktabgacha taʻlim tizimini yanada ragʻbatlantirsh va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 3651-sonli qarori bilan nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlariga soliq imtiyozlari va Davlat budjetidan subsidiya (kompensasiya) ajratish belgilangan. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-son qarori (roʻyxat raqami 2821 23.08.2016) talablariga koʻra Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek, oʻrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydigan bolalarning rivojlanishidagi jismoniy yoki psixik nuqsonlar roʻyxati ham yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatda keltiriladi.  

Вид сайта
Размер шрифта