Muslitdinov Nodir Xojiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Nodir Muslitdinov 1977-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 1999-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1999-yilda Davlat mulki qoʻmitasining viloyat boʻlimi yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan.
2000-2001-yillarda Buxoro viloyati Moliya boshqarmasining jamlanma byudjet boʻlimining yetakchi iqtisodchisi boʻlgan.
2001-2006-yillarda Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlagan.
2006-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Maqsadli kitob jamgʻarmasida oʻz faoliyatini olib bordi.
2014-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasining Madaniyat va sportni moliyalashtirish boʻlimi boshligʻi;
2016-2017-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi muovini;
2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari;
2019-2020-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi kabi turli rahbar lavozimlarda ishlagan.
2020-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha, fan va aholini ijtimoiy muhofaza qilish obyektlarida byudjet siyosati departamenti direktori lavozimida ishlagan.
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aholini ijtimoiy muhofaza qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari sohalarida byudjet siyosati departamenti direktori lavozimida ishlagan.
U tayinlangunga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari boʻlgan.